Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 25 ming dollarni egallab olgan bosqinchilar guruhi ushlandi
2017 yilning 14 noyabr kuni soat taxminan 23:55larda, noma'lum shaxslar, bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumanida joylashgan fuqaro A.A.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirganlar. Shundan so‘ng unga hujum qilib, pichoq qo‘llash va tan jarohati yetkazish bilan qo‘rqitib, unga tegishli bo‘lgan 25.000 AQSh dollari miqdoridagi pullari va «Samsung» rusumli uyali telefonini egallab olganlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 4-qismi “a” bandi (bosqinchilik, ya'ni juda ko‘p miqdorda, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni A.F., A.A., O.M., Z.B. va D.N. sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
14:51 / 11.04.2025