Jahon | 07:30 / 24.11.2017
9623
2 daqiqa o‘qiladi

Baliq ovlash uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng katta yaxta suvga tushirildi

Foto: @SuperyachtsAKL

Yangi Zelandiyaning Yachting Developments kemasozlik verfi sportcha baliq ovlash uchun mo‘ljallangan 40 metrlik yaxtani suvga tushirdi. Bu haqda Yacht Harbour xabar bermoqda.

Hali nom olmagan yaxta sportcha baliq ovlash ixlosmandi buyurtmasiga ko‘ra qurilmoqda. Buyurtmachi noma'lum bo‘lib qolishni istagan.

Verf vakillarining aytishicha, yaxta o‘z sinfida dunyodagi eng yirigi hisoblanadi. Kema korpusi ugleplastikdan tayyorlangan. Yaxta 3100 ot kuchiga ega ikkita MTU dizel dvigateli va chayqalishni kamaytirish uchun gidrostabilizatorlar bilan jihozlangan. Yaxta bortida mehmonlar uchun 4 ta kayuta va yaxta egasining master-kayutasi ko‘zda tutilgan. Yaxtaning standart ekipaji 6 kishini tashkil qiladi.

“Bu yaxtaning bir o‘lchamigina uni eslab o‘tishga loyiq qiladi, bundan tashqari u mehr bilan yaratilgan loyiha asosida qurilmoqda. Verf jamoasi barcha joyda o‘ziga e'tiborni tortadigan bunday katta kema ustida ishlash imkoniga ega bo‘lganidan faxrlanadi”, deb aytgan verf  boshqaruvchi direktori Ien Kuk.

Yaxta egasiga yil oxirigacha topshirilishi rejalashtirilgan. Uning narxi oshkor qilinmagan.

Mavzuga oid