Jahon | 22:18 / 25.11.2017
13796
2 daqiqa o‘qiladi

Havodan suv olishga imkon beruvchi qurilma taqdim qilindi

Foto:hi-news.ru

Ayni vaqtda ichimlik suvi zaxiralarining kamayib ketayotshani haqidagi masala ko‘p ko‘tarilmayotan bo‘lsa-da, biroq chuchuk suv manbalari sekin-asta tugab bormoqda. Shu sababli ko‘p kompaniyalar suvni olishning “muqobil” yechimlarini topish bilan shug‘ullanmoqdalar. Bunday firmalardan biri AQShning ZeroMassWater kompaniyasi bo‘lib, u havodan suv oluvchi uy tizimini taqdim qildi.  

Tizim negizida tashqari ko‘rinishidan quyosh panellaridan farq qilmaydigan quyosh gidropanellari yotadi. Quyosh gidropanellari ventilyatorlar yordamida havodan namlikni so‘rib oluvchi maxsus materialga havoni yo‘llab, undan o‘tkazadi. Shundan keyin olingan suv gidropanellar ostida joylashgan rezervuarga tushadi. Bu yerda u distillangan suvga yaqin holatgacha tozalanadi. Shundan keyin suv mikroelementlar bilan boyitiladi va u iste'molga yaroqli holga keladi. Bundan tashqari, gidropanellarda standart quyosh elementi bo‘lib, u barcha ichki elementlarni energiya bilan ta'minlaydi. Bir dona ZeroMassWater qurilmasi kuniga 5 litr suv ishlab chiqaradi.

Biroq bunday qurilma ancha qimmat turadi. Uning bir komplekti narxi 2 ming dollar turadi va o‘rnatishga yana 500 dollar sarflashga to‘g‘ri keladi. Bu qurilmaning ilk nusxalari hozirda Livan, Ekvador, Iordaniya, Filippin, Meksika, BAA, Buyuk Britaniya va AQShda sinovdan o‘tkazilmoqda.

Qurilmani yaratganlar uni 2018 yil yanvarda Las-Vegasda o‘tadigan CES 2018 ko‘rgazmasi doirasida namoyish qilishni rejalashtirishmoqda. 

Mavzuga oid