Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Olimpiada medallari eski smartfonlardan tayyorlanmoqchi
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, har yili 48,1 mln tonna gadjyet iste'moldan chiqariladi va undan 6,5 mln tonnasi utillashtiriladi.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasida Olimpiya medallari uchun metallar aynan qayerdan olinishi aytilmagan. 2020 yilgi yozgi Olimpiada o‘tadigan Yaponiya bu masalani o‘zicha hal qildi. Musobaqalarda o‘ynaladigan 5000 mingta oltin, kumush va bronza medallar utillashtirishga topshirilgan smartfon, planshetlar va boshqa elektron qurilmalarni qayta ishlashdan olingan metallardan tayyorlanmoqchi.
Yaponiyada o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan elektron gadjyetlarni yig‘ish tashabbusi Yaponiya Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomondan 2017 yil 8 fevralda e'lon qilingan. Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi shu yo‘l bilan 8 tonna metall, jumladan 40 kg oltin, 4 tonna 920 kg kumush va 2 tonna 944 kg bronza yig‘ishni ko‘zlamoqda. Bu metallar qayta ishlangandan keyin Olimpiada va Paralimpiada medallarini quyish uchun 2 tonna metall olinadi.
“Biz Olimpiada va Paralimpiadada beriladigan medallar uchun barcha metall qayta ishlash natijasida olinishini mo‘ljallamoqdamiz”, deb aytilgan tashkiliy qo‘mitada. Ma'lum qilinishicha, eski gadjyetlarni yig‘ish jarayoni faqatgina Yaponiyada o‘tkazilishi ta'kidlab o‘tilgan.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026
Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi
21:31 / 20.02.2026