Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi 9 yilga qamaldi, u o‘z brigadirini o‘ldirgan
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan ochilgan jinoiy ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda Mang‘istau viloyatining jinoiy ishlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi raisi Ozod Izbosarov aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Ish materiallariga ko‘ra, Jazaozen yaqinidagi Qizilsoy qishlog‘idagi qishloq xo‘jalik maydonida brigadir qo‘li ostidagi xodimdan ishni bajarishni talab qilgan. U bosh tortgan. Brigadir ishchini haqorat qilib, oyog‘i bilan zarba bera boshlagan. Keyinchalik esa uni haydab yuborgan.
Ishchi tunni o‘tkazish uchun vagonchaga kirib ketgan. Brigadir bu yerga ham kelib, erkakni haqorat qilishda davom etadi. Shundan so‘ng janjal boshlangan. Ishchi qo‘liga pichoq olib, brigadirning yuragiga bir necha marta tiqib olgan. U olingan jarohatlar tufayli hodisa joyida vafot etdi.
Sud hukmi bilan O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘iston JKning 99-moddasi 1-qismi (Qotillik) bo‘yicha aybdor deb topildi. U to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ta'kidlanishicha, o‘ldirilgan shaxs ham O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025