Olimlar nima uchun pashshalar xavfli ekanini tushuntirishdi
Pashshalar avval o‘ylanganidan ham ko‘proq inson salomatligi uchun zararli bakteriyalarni tashishi aniqlandi. Pensilvaniya shtati universiteti, Nanyan texnologiya universiteti, Rio-de-Janeyro federal universiteti va yana 7 ta ilmiy muassasalar vakillaridan iborat xalqaro ilmiy guruh shunday xulosaga kelmoqda. Tadqiqot haqida Scientific Reports jurnali yozmoqda.
Olimlar Janubiy va Shimoliy Amerika, Yevrosiyo mintaqasida ushlangan116 turdagi go‘sht va xonaki pashshalarning mikrobiomlarini tahlil qilishdi. Natijalarga ko‘ra, eng ko‘p bakteriyalar hasharotlarning oyoqlari va qanotlarida aniqlangan.
Xona pashshalari ko‘proq xavfli ekani ham aniqlangan: ular 351 turdagi xavfli mikroorganizmlarni tashishi ma'lum bo‘lgan. Go‘sht pashshalarida bu raqam 316 tani tashkil etgan.
Shunga ko‘ra, olimlar pashshalar avval o‘ylanganidan ham ko‘proq kasalliklarning tashuvchisi hisoblanadi, degan xulosaga kelishgan. Xususan, ushbu hasharotlar Helicobacter pylori bakteriyasining tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. U oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yallig‘lanishi, gastrit, duodenit va hatto oshozon saratoniga sabab bo‘lishi mumkin.
Biologlarning fikricha, fan uchun pashshalarning juda ko‘p miqdorda bakteriyalarni tashishi ijobiy natijaga ham ega. Bu epidemiyalar haqida ma'lumotlar to‘plashda asqatadi.
"Ayrim pashshalar ekologik vositachilar sifatida foydali ham bo‘lishi mumkin. Ular yaqinda bo‘lgan joylari haqida axborot berishadi. Bu kabi ko‘ptarmoqli yondashuv atrof-muhit va aholi salomatligini kuzatishda, shuningdek, sud tibbiyotida qo‘l keladi", — deyiladi tadqiqotda.
Mavzuga oid
18:28 / 12.11.2024
Havo ifloslanishi uzoq davom etsa, bolalar va kattalarda astmaga chalinish xavfi ortadi - tadqiqot
12:53 / 10.11.2024
Yangi tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqidagi stereotipni rad etdi
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
18:18 / 06.11.2024