Avstraliyaning Kertin universiteti olimlari ijtimoiy tarmoqlardan tez-tez foydalaniş ruhiy salomatlikka ilgari taxmin qilinganidan köra kamroq ta’sir körsatişini aniqladi. Tadqiqot natijalaridan ma’lum bölişiça, ijtimoiy tarmoqlarda ötkazilgan vaqt miqdori depressiya, xavotir va stress körsatkiçlariga sezilarli ta’sir körsatmaydi. Bundan taşqari, ta’sir har doim ham salbiy bölavermaydi: ayrim hollarda ijtimoiy tarmoqlar hatto ba’zi kognitiv funksiyalarni yaxşilaşga yordam beradi.

Tadqiqot rahbari Xloya Jonsning ta’kidlaşiça, natijalar ijtimoiy tarmoqlarning ruhiy soğliqqa mutlaqo zararsizligini anglatmaydi, balki ular örtasidagi aloqa murakkab va köp qirrali ekanini körsatadi.

“Masalan, yakkalangan şaroitda yaşaydigan odamlar uçun ularni qöllab-quvvatlovçi onlayn jamoa qutqaruvçi bölişi mumkin. Ammo boşqa tomondan, mukammal suratlar joylaşgan sahifalarni uzluksiz körib çiqiş öz tanasini qabul qiliş bilan boğliq muammolarga duç kelayotgan odamlarga salbiy ta’sir körsatişi mumkin”, — deb ta’kidlaydi Jons.

Tadqiqotning öziga xos xususiyati obektiv ma’lumotlardan foydalaniş böldi: avvalgi işlarning aksariyati iştirokçilarning özini özi baholaşga asoslangan bölsa, bu safar Kertin universiteti Jamoat salomatligi maktabi mutaxassislari 17 yoşdan 53 yoşgaça bölgan 400 dan ortiq kişining mobil telefonlaridan real ma’lumotlarni töpladi. Bu respondentlarning ijtimoiy tarmoqlarda aniq qança vaqt ötkazayotganini ölçaş imkonini berdi.

Tadqiqotçilar ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş ma’lumotlarini iştirokçilarning depressiya, taşviş va stress körsatkiçlari bilan taqqoslaganda, ijtimoiy tarmoqlar faqat taşviş darajasi bilan kuçsiz boğliqligini, depressiya hamda stressga deyarli ta’sir körsatmasligini aniqladi. Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoqlardan tez-tez foydalaniş diqqatni boşqariş qobiliyatini biroz yaxşilaşi ma’lum böldi.

“Agar bu sohada asosli qarorlar qabul qilmoqçi bölsak, sifatli ma’lumotlarga tayanişimiz zarur”, — dedi Jons. “Tadqiqotimiz ijtimoiy tarmoqlarda ötkazilgan vaqt xolisona ölçanganda, uning ta’siri juda kam yoki umuman yöqligini körsatdi”.

Tadqiqot hammuallifi, professor Patrik Klarkning ta’kidlaşiça, uşbu kaşfiyot ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş va foydalanuvçilarning şaxsiy xususiyatlari ularning ruhiy salomatligiga qanday ta’sir qilişini tuşuniş uçun yangi izlanişlarga asos bölişi mumkin.

“Masalan, bizning tahlillar turli platformalar foydalanuvçilarga turliça ta’sir körsatişini aniqladi: TikTok’dan foydalaniş diqqatni nazorat qiliş qobiliyatining biroz yaxşilanişi bilan boğliq bölsa, Facebook’dan foydalaniş ruhiy zöriqiş darajasining oşişiga sabab böladi”, — deb tuşuntiradi Klark. Qiziği, bu boğliqlik foydalanuvçilar örtasidagi yoş farqlari hisobga olinganda ham saqlanib qolgan.