Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostona Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining uchrashuvini o‘tkazishni taklif qilmoqda
Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining norasmiy maslahatlashuvlari 2018 yil mart oyida, bahorgi teng kunlik kunida o‘tkazilishi mumkin edi. Qozog‘iston TIV rahbari Qayrat Abdrahmonov shunday fikrni bildirmoqda, deya xabar qilgan RIA Novosti.
"Biz barcha qo‘shnilarimiz bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining norasmiy maslahatlarini o‘tkazish tashabbusini hayotga tatbiq etish ustida ishlaymiz. O‘ylaymizki, Navro‘z bayrami Markaziy Osiyo yetakchilarining uzoq yillardan beri o‘tkazilmay kelayotgan uchrashuvni Elboshimiz raisligida o‘tkazishga asos bo‘la oladi", — degan Abdrahmonov xalqaro parlament konferensiyasida.
Uning qayd etishicha, "bugun Markaziy Osiyoda an'anaviy do‘stlik va birodarlik munosabatlarining mustahkamlanishi kuzatilmoqda".
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqandda BMT shafeligida «Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik» nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda nutq qilgan O‘zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining norasmiy maslahatlashuvlarini muntazam ravishda o‘tkazib kelish taklifini ilgari surgan edi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ushbu taklifni birinchi bo‘lib qo‘llab-quvvatlagandi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
23:04 / 13.06.2026