Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Suhbatda tomonlar O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlarining muhim masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Davlat rahbarlari diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lgan joriy yil aniq amaliy mazmunga boy bo‘lgani hamda ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada mustahkamlash, yangi, sifat jihatidan yanada yuqori bosqichga ko‘tarish imkonini berganini alohida ta'kidladilar.
O‘zbekiston va Qozog‘istonning o‘zaro manfaatli va samarali hamkorligi jadal kengayib bormoqda, barcha darajada, jumladan, chegaraoldi hududlar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi muloqot faollashmoqda. Joriy yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi sezilarli ortdi, qo‘shma savdo uylari va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi.
Davlat rahbarlari hamkorlik bo‘yicha rejalashtirilgan, avvalo, iqtisodiyot sohasidagi dastur va loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida birgalikda yanada faol harakat qilish muhimligini ta'kidladilar.
Tomonlar tashqi siyosat va yetakchi xalqaro tashkilotlar doirasida ham samarali hamkorlik amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Suhbat amaliy fikr almashish, davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari ruhida o‘tdi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024