Sankt-Peterburgga yashirincha valyuta olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Bugungi kunda bojxonachilar tomonidan bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish borasida muntazam sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2017 yil 20 noyabr kuni “Samarqand - aeroport” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan amaldagi tartiblarni qo‘pol ravishda buzib, naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy yo‘l bilan olib chiqishga uringan bojxona qoidabuzarlik holati fosh qilindi.
“Samarqand-Sankt-Peterburg” aviareysi bilan uchib ketayotgan yo‘lovchilardan biri samarqandlik M. Xaydarov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovlar vaqtida ma'lum qilinmagan juda ko‘p miqdordagi ya'ni, 9420 AQSh dollari va 325 880 Rossiya rublini ko‘k rangli erkaklar sport kiyimiga o‘ragan holda qora rangli qo‘l sumkasiga yashirgancha olib o‘tishga uringani aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki Samarqand bo‘limining ekspertiza dalolatnomasiga ko‘ra, fuqaro M. Xaydarovdan olingan Rossiya rubli va AQSh dollari banknotalari haqiqiy deb topilgan, ularning umumiy miqdori qariyb 121 mln. so‘mni tashkil etgan.
Xozirda, mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M. Xaydarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Amaldagi tartiblarga muvofiq, respublikamizda rezidentlarga 2000 AQSh dollari ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutalarni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozma qayd etish sharti bilan erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi. Bundan ortiq miqdordagi naqd valyutalarni olib chiqish uchun esa vakolatli banklar yoki Markaziy bankning o‘rnatilgan tartibdagi ruxsatnomasi talab etiladi.
Norezidentlarga esa O‘zbekistonga kirib kelayotganda o‘zi bilan olib kelgan hamda bojxonaga taqdim etilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilgan miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqishlariga ruxsat etiladi.
Mavzuga oid
19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?
23:41 / 11.01.2023
Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi
07:32 / 07.01.2023
O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini aniqlash tartibi o‘zgaradi
08:28 / 28.12.2022