Farğona viloyati bojxona boşqarmasining «Rişton» çegara bojxona posti orqali qöşni davlatdan kirib kelayotgan fuqaroning xatti-harakatlari bojxona xodimlarida şubha uyğotgan. Şundan söng u belgilangan tartibda şaxsiy körikdan ötkazilgan.
Tekşiruv davomida fuqaro içki kiyimiga yaşirib olgan, deklaratsiyalanmagan va tegişli hujjatlari mavjud bölmagan 23 dona qadoqdagi jami 950 ga yaqin «Tawon Liar» nomli dori vositasini bojxona nazoratidan yaşirinça olib kirişga uringani ma’lum bölgan.
Mutaxassislar xulosasiga köra, mazkur dori vositasi tarkibida giyohvandlik vositalari röyxatiga kiritilgan «tapentadol» moddasi mavjudligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












