Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent qurilish maydonlarida ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmaslik qay darajada?
So‘nggi vaqtlarda Toshkent shahrini yirik qurilish maydoniga qiyoslash mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, qurilish maydonlariga olib kirilayotgan qurilish materiallari va undan olib chiqilayotgan qurilish chiqindilari shahar ekologiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaslikni nazorat qilishni, aholi orasida bu borada tushuntirish ishlarini olbi borishni talab qiladi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligida poytaxtning qurilish ishlari olib borilayotgan hududlarida transport vositalari harakatini tartibga solish, qurilish madaniyatiga rioya qilish va shahar ko‘chalarini ifloslantirilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillari uchun brifing tashkil etildi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar qilmoqda.

Shahar hokimiyati xotin-qizlar boshqarmasi rahbari F.Abdurahimovaning ma'lum qilishicha, qurilish ishlari olib borilishi oqibatida ekologiya va atrof-muhitga ziyon yetkazishning oldinii olish maqsadida Toshkent shahar hokimining 2017 yil 11 oktabrdagi 158-F sonli farmoyishi qabul qilingan.
Farmoyishda qurilish obektlarini rejalashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish vaqtida shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etishlari, jamiyatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlarini ta'minlash, qurilish madaniyatiga rioya qilinishini hamda shahar ko‘chalarini ifloslantirilishining oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish va nazoratni kuchaytirish kabi masalalarga e'tibor qaratilgan.
Abdurahimovaning aytishicha, hujjatda farmoyish ijrosi yuzasidan muntazam mmonitoring olib borish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har 10 kunda Toshkent shahar hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari majmuasiga ma'lumot taqdim etib borish ta'kidlangan.

Bundan tashqari, mazkur farmoyish ijrosi bo‘yicha ShIIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida nazorat ishlari olib boriladi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026