Jamiyat | 08:28 / 28.11.2017
4192
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «EXPO Restaurants & Cafes» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

«O‘zekspomarkaz» MKK tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi, «O‘zbekoziqovqatxolding» AJ bilan hamkorlikda «EXPO Restaurants & Cafes» 2-Xalqaro ko‘rgazmasi tashkillashtirmoqda. Ko‘rgazma 2017 yilning 29 noyabr-1 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Ko‘rgazma restoran biznesi vakillari va professional uskunalar hamda turli xizmatlar sohasidagi mutaxassislarni birlashtiradi.

Ko‘rgazma bo‘limlari: 

• HoReCa bozor uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchilari;
• Restoranlar; 
• Kafe, barlar, tamaddixonalar va boshqa ovqatlanish joylari;
• Professional restoran uskunasi importchilari;
• Loyihachilar, qurilish kompaniyalari va dizaynerlar; 
• Yoritish asboblari va konsert-texnik uskunalar yetkazib beruvchi kompaniyalar;
• Landshaft dizaynerlari va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha dizaynerlar;
• Mebel fabrikalari;
• HR-agentliklar; 
• Reklama agentliklari; 
• Ko‘chmas mulk bo‘yicha agentliklar;
• Event-agentliklar;
• Biznesni avtomatlashtirish bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi kompaniyalar;
• Internet-reklama;
• Marketing xizmatlari autsorsingi;

Rasmiy ochilish marosimi 29 noyar kuni soat 11.00da «O‘zekspomarkaz» MKK AJning 2-sonli pavilonida bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid