Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik marafonchi Osiyo chempionati kumush medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik ikki marafonchi Andrey Petrov va Marina Xmelevskaya marafon bo‘yicha XVI Osiyo chempionatida ishtirok etishdi va “quruq qo‘l bilan qaytmaydigan” bo‘ldilar. Musobaqa 26 noyabrda Xitoyning Dunguan shahrida bo‘lib o‘tdi.
Hamyurtimiz Andrey Petrovga chempion bo‘lishga bor-yo‘g‘i 3 soniya yetmadi: u aynan shuncha vaqtga musobaqa chempioni hindistonlik Gopi Tonakaludan ortda qoldi. Petrov 2 soat 15 daqiqa 51 soniya vaqt bilan marraga ikkinchi bo‘lib keldi va shaxsiy ko‘rsatkichini 2 daqiqaga yaxshiladi.
Bronza mo‘g‘ulistonlik Byambalev Tsvevenravdanaga nasib qildi.

O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasida ma'lum qilinishicha, Petrov avval ham Osiyo chempionati sovrindori bo‘lgan. 4 yil avval u kumush medalni qo‘lga kiritgandi.
Marina Xmelevskaya esa 2 soat 39 daqiqa vaqt bilan 7-o‘rinni egalladi. Ayollar o‘rtasidagi bahsda shimoliy koreyalik Kim Xe Gyon 2 soat 28 daqiqa vaqt bilan chempion bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026