Poytaxtdagi Botanika boğida New Uzbekistan Annual Run–2026 sport tadbiri bölib ötdi. Musobaqa Yangi Özbekiston universiteti taşabbusi bilan hamkor taşkilotlar hamda ADM kompaniyalar guruhi qöllab-quvvatlovi ostida taşkil etildi.

Yuguriş musobaqasida 500 nafardan ortiq iştirokçi töplandi. Ular orasida asosan universitet talabalari, professor-öqituvçilar, xodimlar hamda hamkor taşkilotlar vakillari bor edi. Iştirokçilar 1 km, 3 km va 5 km masofalarda öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazdi.

Tadbir doirasida tana qizdiriş maşqlari, maxsus çiqişlar, musiqiy dasturlar va ğoliblarni taqdirlaş marosimi ham taşkil etildi.

Ta’kidlanişiça, mazkur taşabbus sport madaniyatini ommalaştiriş, jamoaviy ruhni kuçaytiriş va yoşlarni faol hayot tarziga jalb etiş maqsadida yölga qöyilgan.
















