20:00 / 30.11.2017
16308
Reklama

UZMOBILE sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislari tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda

Foto: UZMOBILE 

Toshkent viloyatidagi ikki shaharda: Yangiyo‘l shahrida – 18 noyabr kuni va Chirchiq shahrida – 23 noyabr kuni UZMOBILE yangi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislarining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Foto: UZMOBILE 

Mazkur hodisa shahar aholisi uchun haqiqiy bayramga aylandi. Ilgari shaharda faqat cheklangan xizmat turlariga ega bo‘lgan UZMOBILE dilerlik markazlari amal qilardi. Sim-kartalarini almashtirish yoki raqamni qayta rasmiylashtirish kabi xizmatlar uchun Toshkent shahriga ovora bo‘lib borish kerak edi. Endi buning hojati yo‘q.

Shubhasiz, yangi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislarining ochilishi odamlar uchun yanada keng imkoniyatlarni taqdim etadi hamda yangi abonentlarni jalb etadi.

Foto: UZMOBILE 

Yangiyo‘l shahrida ham va Chirchiq shahrida ham ofislar ochilish kunida tezda UZMOBILE tarmog‘iga ulanishni yoki o‘zlarini qiziqtirgan savollariga maslahat olishni xohlovchilar bilan to‘ldi. Biroq xodimlar ishlarida asosiy e'tiborni nafaqat jismoniy shaxslarga, balki yuridik shaxslarga ham qaratdilar, jami Yangiyo‘l shahrida 35ta hamda Chirchiq shahrida 60taga yaqin ulanishni amalga oshirdilar.

Foto: UZMOBILE 

Yangi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislarining ochilishi sharafiga sovrinli yutuq o‘yinlari o‘tkazildi. Har bir xohlovchiga «chiroyli» raqam va Internet-trafik uchun sertifikatlar sohibi bo‘lish imkoniyati berildi. Bu yutuqlar egasi bo‘la olmaganlarga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar taqdim etildi. Eng yaxshi sovg‘a esa mijozlar uchun ham va abonentlar uchun ham uzoq vaqt xotiralarida saqlanib qoladigan yaxshi kayfiyat bo‘ldi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top