Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13 ta OTMda qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi 936-son qarori bilan quyidagilarni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar ma'qullandi:
• Fanlar akademiyasining Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyini (keyingi o‘rinlarda - Muzey);
• Qoraqalpog‘istonda va viloyatlarda 13 ta oliy ta'lim muassasasi tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini (keyingi o‘rinlarda - hududiy muzeylar).
Norma.uz’ning xabar berishicha, hujjat bilan Muzey va hududiy muzeylarning asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari, moliyalashtirish manbalari belgilandi, shuningdek ularning tuzilmasi, Muzeyning ustavi va hududiy muzeylarning namunaviy nizomi tasdiqlandi.
Tegishli tashkilotlarga 2018 yil 1 martgacha hududiy muzeylar ekspozitsiyalarini yaratish, mustamlakachilik va qatag‘on davriga oid hujjatlar, materiallar va ashyolar bilan to‘ldirish topshirildi.
Shuningdek 2018-2019 yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Muzeyni rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar nazarda tutiladi.
Hujjat 2017 yil 25 noyabrdan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
20:14 / 06.05.2026
Oliy sud sovet davri qatag‘on qurbonlaridan 161 nafarini oqladi
15:32 / 09.04.2026
Prezident yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyini borib ko‘rdi
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
15:26 / 04.03.2026