Messining akasini hibsga olishga order berildi
Argentina prokuraturasi “Barselona” hujumchisi Lionel Messining akasi Matias Orasio Messining hibsga olinishiga order berdi. Bu esa u qayiqda sayrdan qaytgandan keyin yuz bergan. Qayiqda qon izlari aniqlangan.
Matias Orasio Messi 29 noyabrda Lionelning ona shahri Rosariodan 35 km uzoqlikda joylashgan Figera shahridagi xususiy baliq ovlash klubiga kelgan. Sun nashrining ta'kidlashicha, u xavfsizlik xizmati xodimiga qayiq sohilga urilganda yuzini kesib olganini aytgan, so‘ngra uyiga jo‘nagan.
Ta'kidlanishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari qayiqni ko‘zdan kechirib, qon izlarini, keyinroq esa o‘qotar qurol aniqlashgan. Rosario prokurori Xose Luis Katerina politsiyachilarga Messining akasi uyini tekshirish ko‘rsatmasini bergan, biroq Matias Orasioning qayerdaligini aniqlashning iloji bo‘lmagan.
Avval ham Messining akasi o‘qotar qurolni noqonuniy saqlashda ayblangandi. O‘shanda sud 34 yoshli Matias Orasioni axloq-tuzatish ishlarini bajarishga majbur qilgan. Hukmga ko‘ra, Matias Messi haftasiga 4 soat “Rosario” klub tizimida futbol bo‘yicha saboq berishi kerak bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:26 / 12.08.2023
Ligalar kubogi. «Inter Mayami»dan yirik g‘alaba, Messidan 8-gol
08:17 / 22.07.2023
Liga kubogi. Messi debyut o‘yinida 90+4-daqiqadagi goli evaziga «Inter Mayami»ga g‘alaba keltirdi
19:28 / 20.07.2023
«Inter Mayami» ustozi Messi va Buskets debyutini qachon o‘tkazishi mumkinligini baholadi
08:22 / 17.07.2023