Toshkentda yo‘lto‘sar kollej o‘quvchilari ushlandi
Yoshlik – bu inson umrining bahori hisoblanadi. Bu davrda ba'zi yoshlarimizning chuqur bilim egallab, kelajaklari uchun mustahkam poydevor qo‘yish o‘rniga, jinoyat ko‘chasiga kirib, sudning qora kursisida bosh egib o‘tirayotgani afsuslanarli holdir.
O‘tgan yilning dekabr oyida Bahrom Parmonov, Davron Kulliyev va Sobir Turdiyevlar (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zaro jinoiy til biriktirib, poytaxtning Yashnobod tumanida joylashgan “Yangiobod” bozoriga borishadi. Yigitlar u yerdan 3 dona yig‘ma pichoq sotib olishadi. Ular pichoqlardan qurol sifatida foydalanib, Bektemir tumani Chirchiq bo‘yi ko‘chasiga kelishadi va ko‘chadan o‘tib ketayotgan fuqaro Olim Qobilovning yo‘lini to‘sishadi. Ular pichoqlari bilan yo‘lovchini qo‘rqitib, unga zo‘rlik ishlatib, yonidagi narxi 200 ming so‘mlik “Nokia” rusumli uyali telefon apparatini qo‘lga kiritishadi va voqea joyidan yashirinadilar.
Bosqinchilardan qutulgan jabrlanuvchi ichki ishlar idoralariga murojaat qiladi. Olib borilgan tezkor qidiruv davomida yo‘lto‘sar yigitlar qo‘lga olindi. Ularning yonidan jabrlanuvchi O.Qobilovga tegishli uyali telefon apparati va yig‘ma pichoqlar olindi.
Kasb-hunar kollejining 3-kursiga o‘tgan bu yigitlarga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida hukm o‘qilib, B.Parmonov, D.Kulliyev hamda S.Turdiyevlarga tegishli jazo tayinlandi.
Mavzuga oid
09:02 / 03.09.2024
Toshkentning ikki tumanida ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
09:54 / 19.06.2024
Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
07:50 / 17.04.2024
Toshkentda taqiqlangan modda olib yurgan haydovchi aniqlandi
07:30 / 01.03.2024