“Tozalash-antiterror” - Toshkent tumanida kunlik 5000-7000 so‘mgacha ijaraga qo‘ygan ijarachilar fosh etildi
Ayni paytda respublika hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, turli ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida tashkil etilgan keng qamrovli «Tozalash-Antiterror» tadbiri o‘tkazilmoqda.
Toshkent viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Toshkent viloyatining Toshkent tumanida o‘tkazilgan tadbirlar davomida ayrim fuqarolar tomonidan o‘z uylarida vaqtincha ro‘yxatga qo‘ymasdan, propiskasiz shaxslarni moddiy manfaatdorlik evaziga yashab turishiga yo‘l qo‘yganligi aniqlandi.
Achinarlisi, bu turar joylarda umuman shart-sharoitlar yaratilmagan. Bino holati sanitariya-gigiyena qoidalariga javob bermaydi. Bu esa shu yerda vaqtincha yashab kelayotgan fuqarolarning sog‘ligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi.
Yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan. Bu yerda o‘rnatilgan isitish moslamalari elektr va gaz tizimlariga belgilangan talab darajasida ulanmagan.
Jumladan, Toshkent tumani, Keles shahri, Tinchlik MFYda yashovchi, nafaqaxo‘r, 1954 yilda tug‘ilgan A.I. xonadonlarini mehmonxonaga aylantirib, bir necha yildan beri turli viloyatdan bo‘lgan shaxslarni ro‘yxatsiz ijaraga qo‘yadi. I.A. bir ijarachidan kunlik 5000 so‘mdan 7000 so‘mgacha ijara haqi oladi.
Hozirda manzilgohlarda Buxoro viloyatidan bo‘lgan, 1981 yilda tug‘ilgan Sh.B., Surxondaryo viloyatidan bo‘lgan, 1965 yilda tug‘ilgan A.B., 1981 yilda tug‘ilgan X.D., 1971 yilda tug‘ilgan E.Ch., Namangan viloyatidan bo‘lgan, 1987 yilda tug‘ilgan I.A., 1984 yilda tug‘ilgan I.S., 1971 yilda tug‘ilgan M.B., 1984 yilda tug‘ilgan Dj.M., Andijon viloyatidan bo‘lgan, 1982 yilda tug‘ilgan X.R., 1995 yilda tug‘ilgan O.O., Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida qayd qilingan, 1985 yilda tug‘ilgan N.Sh.lar ro‘yxatsiz yashaydilar.
Keles shahri, Tinchlik MFYda yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1976 yilda tug‘ilgan T.I. xonadonini mehmonxonaga aylantirib, uzoq yillar davomida turli viloyatdan kelgan shaxslarga norasmiy tarzda ijarada yashash uchun topshiradi. I.T. ham har bir ijarachi shaxsdan kunlik 5000 so‘mdan 7000 so‘mgacha ijara haqi oladi.
Ayni kunda xonadonda Surxondaryo viloyatidan kelgan, 1981 yilda tug‘ilgan T.R., Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgan, 1967 yilda tug‘ilgan X.N., 1982 yilda tug‘ilgan K.A., Namangan viloyatidan kelgan, 1960 yilda tug‘ilgan A.A.lar ro‘yxatsiz yashaydilar. Shuningdek ushbu manzilgohda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yana bir nechta shaxslar vaqtinchalik istiqomat qilayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Keles shahri, Tinchlik MFYda yashovchi, nafaqaxo‘r, 1940 yilda tug‘ilgan S.Q. manzilgohni mehmonxonaga aylantirib, uzoq yillar davomida turli viloyatdan kelgan shaxslarga norasmiy tarzda ijarada yashash uchun topshiradi. Q.S. ham har bir ijarachi shaxsdan kunlik 5000 so‘mdan 7000 so‘mgacha ijara haqi oladi.
Hozirda xonadonda Xorazm viloyatidan kelgan, 1959 yilda tug‘ilgan S.K., Sirdaryo viloyatidan kelgan, 1996 yilda tug‘ilgan G‘.Sh.lar ro‘yxatsiz yashaydilar. Shuningdek ushbu manzilgohda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz yana bir nechta shaxslar vaqtinchalik istiqomat qilayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Keles shahri, Tinchlik MFYda yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan Sh.M. hech qayerda ishlamay, daromad topish maqsadida xonadonida ijarachilarni yashashlari uchun sharoitlar yaratib qo‘ygan. Ushbu ijarachilar M.Sh.ga kunlik 5000 so‘mdan ijara haqi to‘lashadi.
Xonadonda hozirda Surxondaryo viloyatidan bo‘lgan, 1990 yilda tug‘ilgan I.O., 1963 yilda tug‘ilgan X.S. va shar'iy nikohda bo‘lgan rafiqasi, Jizzax viloyati, Zarbdor tumanidan bo‘lgan 1979 yilda tug‘ilgan X.M., Sirdaryo viloyatidan bo‘lgan, 1998 yilda tug‘ilgan Dj.S.lar ro‘yxatsiz yashaydilar.
Keles shahri, Tinchlik MFYda yashovchi, nafaqaxo‘r, 1953 yilda tug‘ilgan A.L. bir necha yildan beri xonadonini mehmonxonaga aylantirib, ijarachilarni yashashlari uchun shart sharoit yaratib qo‘ygan. U har bir ijarachidan 5000 so‘mdan ijara haqi oladi.
Xususan, hozirda xonadonda Namangan viloyati, Norin tumanidan bo‘lgan 1968 yilda tug‘ilgan A.K., Surxondaryo viloyatidan kelgan, 1975 yilda tug‘ilgan M.Sh., 1994 yilda tug‘ilgan T.T., 1982 yilda tug‘ilgan B.X., Jizzax viloyatidan kelgan, 1987 yilda tug‘ilgan U.A., 1986 yilda tug‘ilgan Sh.A., Buxoro viloyatidan bo‘lgan, 1970 yilda tug‘ilgan X.O., Qashqadaryo viloyatidan kelgan, 1986 yilda tug‘ilgan X.A.lar ro‘yxatsiz yashaydilar. Ushbu shaxslar har kuni tongda xonadondan chiqib ketib, Keles shahrida joylashgan mardikor bozorida mijoz kutish bilan vaqtini o‘tkazishadi.
Keles shahri, Tinchlik MFYda yashovchi, nafaqaxo‘r 1928 yilda tug‘ilgan L.K. bir necha yildan beri noqonuniy ravishda ijara shartnomasi tuzmasdan respublikamizning turli viloyatlaridan bo‘lgan shaxslarni ijaraga qo‘yib keladi.K.L. xonadonning bir nechta joyini ijarachilarni istiqomat qilishlari uchun sharoit yaratgan bo‘lib, har bir ijarachidan 5000 so‘m miqdorida haq oladi.
Xonadonda hozirda Surxondaryo viloyatidan bo‘lgan, 1984 yilda tug‘ilgan J.B., 1972 yilda tug‘ilgan S.G., Bekobod tumanidan bo‘lgan, 1978 yilda tug‘ilgan X.Sh., 1994 yilda tug‘ilgan T.U.lar ro‘yxatsiz yashaydilar.
Shuningdek ushbu manzilgohda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz yana bir nechta erkak va ayollar vaqtinchalik istiqomat qilayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Tadbir davomida Toshkent viloyati IIB sohaviy xizmatlari xodimlarining hamkorligida Toshkent tuman IIBga jami 52ta shaxs olib kelindi. Ulardan 15 nafar ayollar va 37 nafar erkaklarni tashkil etadi. Ushbu shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi, qonuniy tartibda faoliyat yuritishning asoslari tushuntirib o‘tildi.
Mavzuga oid
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
13:34 / 17.10.2024
Toshkent tumanida it yosh bolani o‘ldirib qo‘yay dedi. Uning egasi 370 ming jarima bilan qutulib ketadi
23:40 / 09.10.2024
“Kotlovan amaldagi me’yorlar saqlanmasdan qazilgan” – Toshkent tumanida quruvchi qo‘shni hovli devorini qulatganiga izoh berildi
13:22 / 09.10.2024