23:49 / 02.12.2017
7973

“Bitls”ning sobiq a'zosi mashinasi deyarli 2 mln dollarga sotildi 

Afsonaviy britan guruhi “Bitls”ning sobiq a'zosi Pol Makkartnining Aston Martin DB5 avtomobili 2 dekabrda Londondagi Bonhams auksion uyida 1 mln 345 funt sterlingga (1 mln 812 ming dollar) sotildi. 

Makkartniga tegishli bo‘lgan kumushrang Aston Martin 1964 yilda ishlab chiqarilgan. Uning raqamida 64 MAS yozuvi bo‘lib, u mashinaning ishlab chiqarilgani yili va afsonaviy musiqachi familiyasining bosh harflarini anglatadi. 

Auktsionda, shuningdek, “Bitls” a'zolari bilan bog‘liq yana bir mashina sotildi. Bu 1966 yilda ishlab chiqarilgan Austin Mini Cooper 'S' modeli bo‘lib, u avval Liverpul guruhining menejyeri Brayan Epstaynga, so‘ngra barabanchisi Ringo Starrga tegishli bo‘lgan. Bu mashina 102 ming funt sterlingga (138 ming dollar) sotildi.

Auktsionda bir vaqtlar qo‘shiqchi Elton Jonga tegishli bo‘lgan Bentley S2 Continental Flying Spur mashinasi 180,7 ming funt sterlingga (243 ming dollar) sotildi.  

 

Mavzuga oid
Top