Britaniyalik bastakor, qöşiqçi, multiinstrumentalçi, sobiq bitlçi va dunyoning eng badavlat musiqaçisi Pol Makkartni öz yubileyini nişonlamoqda - u bugun 75 yoşni qarşiladi. TASS şu haqdagi maqolasini taqdim etdi. 

Bu qutluğ sana munosabati bilan Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II ser Polni Faxriy kavaler ordeni bilan mukofotlaşga qaror qildi. Bu nufuzli mukofotga sayyoramizda yaşovçi 65 kişigina muvaffaq bölgan. 

Makkartni Britaniyaning afsonaviy rok guruhi maşhur The Beatles'ning asosçilaridan biri hisoblanadi. Musiqaçi bir neça bor "Gremmi" mukofoti sovrindori bölgan, şuningdek u Britaniya imperiyasi ordeni kavaleri hisoblanadi. 

2011 yilda Rolling Stone jurnali sörovnomasiga köra, Pol Makkartni barça davrlarning eng yaxşi bas-gitaraçilaridan biri degan nom bilan e'tirof etildi. Sobiq bitlçi bir neça marotaba Ginnesning Rekordlar kitobidan örin olgan - "eng muvaffaqiyatli ijod qilgan musiqaçi" va "yangi tarix bastakori" kabilar şular jumlasidandir. 

Pol Makkartni oilali, olti farzand - Stella, Jyeyms Luis, Beatris Milli, Meri va Xezer Makkartnilarning otasi.