Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida Kim Chen In tasvirlangan nishonga ega jasad topildi
Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida uch kishining jasadi topildi, ulardan birining kiyimida KXDR yetakchisi Kim Chen Inning portreti tasvirlangan nishon bo‘lgan. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.
Jasadlar Yaponiyaning Yamagato prefekturasi yaqinidagi dengiz suvlaridan topildi. Shimoliy Koreya yetakchisi tasvirlangan nishon halok bo‘lganlardan birining kiyimi yoqasiga taqib qo‘yilgan.
Barcha uch jasadda qutqaruv jiletlari ham bo‘lgani aytilmoqda.
Xabar qilinishicha, Yaponiya qirg‘oqlari yaqinidagi dengizda bir necha kun avval yog‘och qayiq topilgan bo‘lib, unda odamlar bo‘lmagan.
Ayni damda yuz bergan voqea bo‘yicha surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026