Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bemordan jarrohlik amaliyoti uchun 4 mln so‘m talab qilgan shifokor qo‘lga olindi
Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman Yuksalish qishlog‘i 8-uyda yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan E.T. sog‘lig‘ini tiklash uchun Buxoro viloyatidagi Onkologiya dispanseriga murojaat qiladi, deb xabar bermoqda KUN.UZ’ga Buxoro viloyati IIB.
Unga shifokorlar tomonidan jiddiy tashxis qo‘yilgandan keyin jarrohlik amaliyoti orqali kasallikni bartaraf etish mumkinligi tushuntiriladi. O‘zini qiynayotgan darddan forig‘ bo‘lish umidi uyg‘ongan E.T. jarrohlik amaliyotiga rozi bo‘lganda, shifoxonada jarroh sifatida faoliyat yuritayotgan U.M. undan jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun 4 million so‘m pulni talab qiladi.
Tamagir shifokorning ushbu talabidan norozi bo‘lgan E.T. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, nafsi hakalak otgan shifokorga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi.
Bemorning arizasi yuzasidan xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, Olimxo‘jayev ko‘chasi 1-uyda yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan, Buxoro viloyat Onkologiya dispanseri vrachi U.M. Buxoro viloyat Onkologiya dispanserida davolanayotgan E.T.ning davolash jarayonida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun 4 mln so‘m pul talab qilib, xizmat xonasida 1.000.000 so‘m pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan birga jinoyat ustida qo‘lga olinadi.
Mazkur holat yuzasidan U.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 214-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
12:10 / 27.05.2026