Jamiyat | 16:00 / 04.12.2017
7133
3 daqiqa o‘qiladi

Plastik kartadagi pullarni naqdlashtirib berishni va'da qilgan firibgarlar aniqlandi

Foto: Sonsumerreports

Taassufki, oramizda birovni aldash, ishontirish orqali uning mol-mulkini qo‘lga kiritayotgan, “ishga joylashtiraman, o‘qishga kiritaman, mashina yoki uy sotib olishingizda ko‘maklashaman, chet elga ishga yuboraman" kabi yolg‘on va'dalar berib, ishonuvchan va sodda odamlarni bir zumda aldab, ularning jabrlanib qolishlariga sababchi bo‘layotgan firibgar kimsalar safi kengaymoqda. Albatta, sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik, jinoyat uchun esa, jazo muqarrar.

Ammo, shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish joizki, aksariyat hollarda firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolishda ishonuvchan, soddadil fuqarolarning o‘zlari sababchi bo‘lmoqdalar. 

Buxoro viloyati IIBning xabar berishicha, Qorovulbozor tumani, Mustaqillik ko‘chasi 1-uy, 6-xonadonda yashovchi,  1995 yilda tug‘ilgan M.U. o‘zgalarning mol-mulkini qo‘lga kiritish maqsadida jinoiy sherigi Qorovulbozor tumani, Bo‘zachi MFY, Sardoba qishlog‘ida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan N.Z. bilan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Jondor tumani, Qaroli MFY, Xorsafed qishlog‘ida yashovchi R.J.ga tegishli bo‘lgan “Mikrokreditbank” tomonidan berilgan, 11.275.000 so‘m puli bo‘lgan plastik kartochkani aldab va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan 13 foizga naqdlashtirib berishni va'da qilib, firibgarlik yo‘li bilan plastik kartochkani qo‘lga kiritib, jabrlanuvchiga jami 11.275.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, M.U. jinoiy harakatlarini davom ettirib Qorovulbozor shahar, Alpomish ko‘chasi 44-uyda yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan, uy bekasi S.N.ning “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan berilgan, 6.074.000 so‘m puli bo‘lgan plastik kartochkasini aldab, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, 5 foizga naqdlashtirib berishni va'da qilib, jabrlanuvchiga jami 6.074.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan. 

Ushbu holat yuzasidan M.U. va N.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan qo‘shimcha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid