Jahon | 23:06 / 04.12.2017
9950
2 daqiqa o‘qiladi

Time jurnali “Yil odami” unvoni uchun nomzodlarni ma'lum qildi

Foto: © AP Photo / J. David Ake

AQShning Time jurnali o‘z talqini bo‘yicha “Yil odami” unvonini olish uchun 10 nafar finalchi nomini ma'lum qildi. 

Reytingdan Amazon asoschisi, milliarder Jyeff Bezos, namoyishlar bo‘yicha rekordlar o‘rnatgan “Mo‘'jiza-ayol” filmi rejissyori Petti Jyenkins, AQShda politsiyaning qattiqqo‘lligiga qarshi norozilik sifatida AQSh madhiyasi yangragan vaqtda turishdan bosh tortgan, amerikancha futbol o‘yinchisi Kolin Kapernik o‘rin olgan.
Reytingga kiritilgan siyosatchilar orasida Xitoy raisi Si Tszinpin, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va AQShning “Rossiya ishi” bo‘yicha maxsus prokurori, FQBning sobiq rahbari Robert Myuller bor.

Ro‘yxatga, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp ham kiritilgan. Biroq u avvalroq jurnalning ikkinchi marta “Yil odami” bo‘lish taklifidan voz kechgan.  

Nashr, shuningdek, ro‘yxatga Dreamers (Orzumandlar) deb ataluvchilar – AQShga noqonuniy kelgan ota-onalari tomondan olib kelingan yoshlar harakatini ham kiritgan. Ularning deportatsiyasini cheklovchi dastur Tramp ma'muriyati tomondan bekor qilindi. 

Reyting finalchilari orasidan New York Times nashri taniqli kinoprodyuser Xarvi Vaynshteynning ayollarga shilqimliq qilishi bo‘yicha tergov natijalarini chop etgandan keyin vujudga kelgan Me Too harakati ham o‘rin oldi.

G‘olib 6 dekabrda ma'lum qilinadi.

Time talqini bo‘yicha “Yil” odami 1927 yildan beri har yili aniqlab kelinadi. 1950-yillargacha bu unvonga aniq shaxslar loyiq topilgan, biroq keyinroq bu nom mavhum shaxslarga ham berilgan. Sobiq ittifoq fuqarolaridan Iosif Stalin (2 marta), Nikita Xrushchyov, Mixail Gorbachev, Yuriy Andropov, keyinchalik esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu unvonga loyiq topilgan.

Mavzuga oid