683 mlrd dollar. Trampning mudofaa bo‘yicha "ishtahasi" tobora kuchaymoqda
Prezident Donald Trampning AQSh harbiy qudratini yanada kuchaytirish bo‘yicha rejalarini amalga oshirish yaqin 10 yil ichida 683 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha mablag‘larni talab etadi. Bu haqda Defense News nashri AQSh Kongressining Byudjyet boshqarmasi hisob-kitoblariga tayangan holda xabar bergan.
Nashrning ta'kidlashicha, Byudjyet boshqarmasi hisob-kitoblarining e'lon qilinishi Tramp prezidentligi birinchi yili yakunlanishiga bag‘ishlandi. U shu 1 yil ichida mamlakat “harbiy qudratini tiklash bo‘yicha bergan o‘z va'dalarini bajarishda muvaffaqiyatlarga unchalik ham erishmadi”.
Trampning saylovlardan avvalgi “mudofaa va'dalari”, deb eslatadi efense News, xususan, o‘z ichiga mamlakat Qurolli kuchlaridagi harbiy xizmatchilar sonini avvalgi prezident Barak Obama ma'muriyati mudofaa rejalari bilan taqqoslaganda 10 foizga, jangovar kemalar miqdorini – 20 foizga, boshqa qurol-yarog‘lar va harbiy texnika xaridini – 12 foizga oshirishni qamrab olgan.
AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Kongressda shu masala bo‘yicha chiqish qilib, Tramp ma'muriyati “harbiy qurilishga” 2019 yilda kirishish niyatida ekanini xabar berdi.
Bu rejalarni bajarish uchun, Byudjyet boshqarmasi hisobotida ko‘rsatilishicha, 2027 yilga kelib mamlakat mudofaa xarajatlarining bazaviy smetasini 688 milliard dollarga yetkazish kerak bo‘ladi, bu AQShning 1980-yillardagi mudofaa xarajatlaridan 20 foizga ortiq. Hisobotda ta'kidlanishicha, bu hisob-kitoblarda AQShning xorijdagi harbiy amaliyotlari inobatga olinmagan, sababi "hozirgi ziddiyatlar tushunarsiz bo‘lib turibdi va yangilari boshlanish arafasida".
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024