Geologlar Yer qa'rida ko‘plab boshqa sayyoralar qoldiqlarini topishdi
Yangi paydo bo‘lgan Yer Oyning hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynagan Teya bilan to‘qnashib ketgach, yana bir nechta sayyoralarning homilalarini «yamlab» yuborgan va qadimiy sayyoralarning izlarini geologlar Grenlandiyada topishgan, deyiladi Nature Geoscience jurnalida e'lon qilingan maqolada.
«Biz Yangi paydo bo‘lgan Yer boshqa osmon jismlari bilan qanday to‘qnashganini va biz «so‘nggi akkretsiya davri» deb ataydigan davrda metallar va silikatlar sayyoramiz materiyasi bilan qay tariqa aralashganini tasvirlovchi kompyuter modelini qurdik. Bu hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, Yer qa'rida bunday materiyalar shu vaqtgacha hamkasblarimiz tomonidan qabul qilinganidan-da chandon ziyod borligini ko‘rsatmoqda. Bu esa Yer evolyutsiyasi tarixini keskin o‘zgartiradi», — degan Bouderdagi (AQSh) janubiy-g‘arbiy tadqiqot instituti olimi Simon Marxi.
So‘nggi 30 yilda sayyorasimon jism bo‘lmish Teyaning Yer bilan to‘qnashuvidan so‘ng Oy hosil bo‘lgan, deb hisoblab kelinar edi. Farazga ko‘ra, ushbu to‘qnashuv natijasida Teya va Yerning materiyasi kosmosga otilib chiqadi va ushbu materiyadan Oy hosil bo‘ladi. Qadimiy Yerning yirik osmon jismi bilan to‘qnashuvi nazariyasi Oyning massasiga, unda temir moddasining kamligi va boshqa parametrlarga mantiqli tushuntirish bera oladi.
Biroq, bunday to‘qnashuv natijasida Oy tarkib topgan materialning aksariyat qismini faraziy Teya sayyorasi keltirgan bo‘lishi kerak edi. O‘z tarkibiga ko‘ra, u Quyosh sistemasining ichki sohasidagi boshqa osmon jismlari — Yer guruhi sayyoralari va asteroidlar kabi Yerdan farqli bo‘lishi kerak edi. Aslida Yer va Oyning tarkibi ko‘plab metallar va boshqa elementlarning izotoplari hissasiga qadar juda o‘xshash.
Ushbu farazning barcha plyuslariga qaramasdan, uning bir necha jiddiy kamchiliklari ham bor. Masalan, bu g‘oyaga binoan, bo‘lajak Oyning materiyasidagi barcha suv zaxiralari Teya va Yerning to‘qnashuvidan so‘ng koinotga bug‘lanib ketishi kerak edi.
Olti yil muqaddam ko‘plab astronomlar bunga shubha qila boshlashdi, chunki Yerga «Apollon-15» va «Apollon-17» ekspeditsiyalari tomonidan keltirilgan Oy tuprog‘i namunlarida suv miqdori nazariy jihatdan aytilganidan yuzlab barobar yuqori edi. Boshqa bir olimlar NASA astronavtlari misli Oyda bo‘lishi mumkin bo‘lmagan allaqanday «suv anomaliyasi»ga duch kelishganini taxmin qilishgan.
Marxi va uning hamkasblarining fikricha, bu anomaliyalar Yer nafaqat Teya, boshqa yangi paydo bo‘layotgan sayyoralar bilan to‘qnashgani va ularning materiyasining katta qismi bugungi kunda Yer qa'rida yashirinib yotganini bildiradi.
Ular yangi paydo bo‘layotgan Quyosh sistemasining kompyuter modelini yaratib, nafaqat Yer va Oy, shuningdek, bir biri bilan mudom to‘qnashib yurgan yangi sayyoralar va osmon jismlariga urilib yurgan ularning «o‘lik» homilalari ham bo‘lgani haqidagi xulosaga kelishdi.
Olimlarning bugungi kunda hisoblashlaricha, Yer bunday to‘qnashuvlarga o‘nlab, hattoki yuzlab marta duchor bo‘gan. Homila sayyorlalarning materiyasining katta qismi koinotga bug‘lanib ketgan va Yer bilan to‘qnashuv natijasida sochilib ketgan, buning oqibatida bugun Yer massasining bor-yo‘g‘i 0,5 foizi «o‘zga» olamlar materiyasidan iborat, deb kelinar edi.
Marxi jamoasining hisob-kitoblari bunday emasligini ko‘rsatdi. Agar homila sayyoralardan kamroq qismi yirikroq — ko‘ndalang kesimi 1500 kilometrdan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, Yer qa'ridagi boshqa sayyoralar tarkibida bo‘lgan ma'danlar miqdori 2,5–3 foizga teng bo‘ladi.
Bu sayyoralarning izini qanday topsa bo‘ladi? Geologlarning fikricha, yer qobig‘i va mantiyasi to‘liq erib, «o‘zga sayyora» tuproqlari bilan qorishish uchun bu to‘qnashuvlarning kuchi u qadar yuqori bo‘lmagan, biroq sobiq homila sayyoraning bo‘laklari juda chuqurga kirib borishi uchun yetarli bo‘lgan.
Bu shuni bildiradiki, Yer qa'rida volfram va gafniy kabi turli metallarning izotoplari, anomal darajada yuqori bo‘lgan sohalar, shuningdek, g‘ayrioddiy, namunasi Yer sirtining boshqa joyida uchramaydigan silikat va tog‘ jinslari uchrashi mumkin. Marxi va uning hamkasblarining taxmin qilishicha, bunday yotqiziqlar Grenlandiya hududida, yashil toshli belbog‘ deb ataluvchi hududda uchraydi.
Bu yerda volfram-182’ning ulushi juda yuqori bo‘lgan unikal komatit-jinslar uchratilmoqda va uning tuzilmasi Yerning boshqa biror joyida uchratilmaydi. Ularni o‘rganish Yerning o‘z hayotining dastlabki davrlarida qanday bo‘lgani va qanchalik ko‘p sayyoralarni «yamlab» yuborganini tashunish imkonini beradi.
Mavzuga oid
17:44 / 08.11.2024
Xitoy 2030 yilgacha odamlarni Oyga uchirishini ma’lum qildi
16:27 / 29.10.2024
Yer atmosferasining ifloslanishi rekord darajaga yetdi
23:34 / 18.10.2024
Yevropa rasman Moonlight kosmik dasturini ishga tushiradi
11:26 / 01.10.2024