Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda to‘yib ovqatlanmaydigan aholi soni ma'lum qilindi
O‘zbekistonda 2014-2016 yillarda 1,9 million kishi (umumiy aholining 6,3 foizi) to‘yib ovqatlanmagan. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan chop etilgan «2017 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo hududlarida ovqatlanish va oziq-ovqat xavfsizligi tahlili» bayonotida keltirilgan.
Hisobotda qayd etilishicha, Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy aholining 5,6 million nafari to‘yib ovqatlanish imkoniyatiga ega emas. Eng past ko‘rsatkich Tojikiston Respublikasida kuzatilgan bo‘lib, aholining 2,6 million nafari shu toifa kishilar sirasiga kiradi. Bu esa mamlakatda yashovchi aholining deyarli 30 foizi deganidir.
Turkmanistonda 300 ming (aholining 5,5 foizi), Qirg‘izistonda 400 ming (aholining 6,3 foizi) kishi to‘yib ovqatlanmaslik yoki ozuqada mikroelementlarning yetishmasligidan aziyat chekadi.
Ushbu ro‘yxatda Qozog‘iston Respublikasi qayd etilmagan bo‘lib, mutaxassislarning ta'kidlashicha, Qozog‘iston aholisi ovqat yetishmasligi, yog‘ massasi hamda mikroelementlar tanqisligidan aziyat chekadi.
Eslatib o‘tamiz, 2010-2012 yillarda shu ko‘rsatkich O‘zbekiston umumiy aholisining 7,9 foizida, 2005-2007 yillarda esa 12,4 foiz aholi orasida qayd etilgandi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
19:35 / 05.07.2026