O‘zbekiston | 17:35 / 07.12.2017
44236
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev davlat organlarida saqlanib qolgan qo‘shtirnoq ichidagi «tizim»​ haqida fikr bildirdi

Foto: President.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida «davlat organlariga kadrlarni tanlashda eskidan saqlanib qolgan, qo‘shtirnoq ichidagi bir «tizim» mavjud»​ ekanligi haqida so‘z yuritdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Prezidentning ta'kidlashicha, bu masala yaqin qarindoshlari sudlangan, deb fuqarolarni ishga qabul qilmaslik yoki yuqori lavozimlarga tayinlamaslik bilan bog‘liqdir. 

«​Bunday noma'qul yondashuv tufayli ko‘plab yoshlarimiz, malakali mutaxassislarimiz «beayb aybdor bo‘lib», yaqin qarindoshlarining qilmishlari uchun jabr tortib keldilar. O‘zingiz ayting, bu adolatdanmi? Nima sababdan bir jinoyat uchun butun bir avlod javob berishi kerak? Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi kerak? 

Demokratik normalarga ham, hayotning bugungi talablariga ham mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan bunday adolatsiz «tizim»dan biz endi butunlay voz kechamiz»​, deb fikr bildirgan Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid