Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hilton mehmonxonalaridagi xonalar “aqlli uy” tizimlari bilan jihozlanadi
2018 yilda Hilton’ning barcha mehmonxonalaridagi Hilton Honors dasturi mehmonxonada yashovchilarga xonadagi yorug‘likni, isitish tizimini va boshqa qulayliklarni boshqarish imkonini beradi. Kelgusida xonalarni ovozli yordamchiga ega aqlli dinamiklar bilan jihozlash ko‘zda tutilgan. “Aqlli xona” dasturi mehmonxonalardan birida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Dastur allaqachondan beri ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarish kabi oddiy funksiyalarni bajarishga imkon beradi. U yordamida, shuningdek, magnit kalit o‘rniga xonalar eshiklarini ochish mumkin. Endi Hilton Honors dasturi xonani tashrif buyuruvchilar uylaridagi kabi sharoitlarga maksimal moslay oladi. Dastur chiroqni yoqib-o‘chiradi, kerakli haroratni tanlaydi va televizorni siz odatda tomosha qiladigan kanallarda yoqadi.
Smartfonlari va planshetlarida dastur o‘rnatilmagan tashrif buyuruvchilar ham aqlli xonaning ba'zi funksiyalaridan foydalana olishadi. Bu funksiyalar xonadagi televizorda tasvirlanadi, ularni pult yordamida boshqarish mumkin. Istiqbolda Hilton xonalarda keyingi tashriflar uchun sozlanmalarni saqlab qo‘yish uchun Google Home yoki Amazon Echo kabi aqlli karnaylarni o‘rnatishni rejalashtirgan.
Hilton o‘z biznesiga anchadan beri yuqori texnologiyalarni tatbiq qilib keladi. Misol uchun, Virjiniya shtatidagi McLean mehmonxonasida robot-konserj Konni ishlaydi. Robotga bunday nom tarmoqning asoschisi Konrad Xilton sharafiga qo‘yilgan. Konni Aldebaran Robotics fransuz kompaniyasining NAO roboti negizida yaratilgan. NAO “o‘yinchoq” ko‘rinishi, raqsga tushish va yoga bilan shug‘ullanishi bilan ma'lum. Konni esa mehmonlarni kutib olib, jadval, ko‘rsatiladigan xizmatlar va ba'zi xonalarning joylashishi haqidagi oddiy savollarga javob bera oladi.
Mavzuga oid
09:12 / 06.03.2025
Rossiya qo‘shinlari Kriviy Rigdagi mehmonxonaga zarba berdi: qurbonlar bor
00:16 / 28.01.2025
Turkiyada 78 kishining o‘limiga olib kelgan mehmonxonadagi yong‘in nima sababdan yuz bergani aniqlandi
14:03 / 21.01.2025
Turkiyadagi kurort mehmonxonada yirik yong‘in sabab 10 kishi halok bo‘ldi
19:03 / 18.01.2025