Turkiyadagi kurort mehmonxonada yirik yong‘in sabab 10 kishi halok bo‘ldi
Yong‘in 11 qavatli mehmonxonaning to‘rtinchi qavatida boshlangan. Ba’zilar vahima ichida o‘zini derazadan tashlagan.

Turkiyaning Bolu viloyatidagi Kartalkay tog‘-chang‘i kurorti mehmonxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 10 kishi halok bo‘ldi, yana 32 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Daily Sabah mahalliy hokimiyatga tayanib.
Yong‘in 21 yanvarga o‘tar kechasi 11 qavatli mehmonxonaning to‘rtinchi qavatida boshlangan. Ba’zilar vahima ichida o‘zini derazadan tashlab halok bo‘lgan.
Mehmonxona binosi yog‘ochdan qurilgani sababli, olov tez tarqalgan. Yong‘inni o‘chirishda 200 dan ortiq qutqaruvchilar ishtirok etgan.
Bolu meri Abdulaziz Aydin yong‘in sababi hali aniqlanmaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, alanga restoran joylashgan qavatdan boshlangan. Voqea yuz bergan paytda mehmonxonada 234 nafar mehmon bo‘lgan. U yerda qancha xodim bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Kartalkaya tog‘-chang‘i kurorti Istanbul shahridan taxminan 270 kilometr uzoqlikda, Kerog‘lu tog‘lari hududida joylashgan mashhur dam olish maskani hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20
-
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43
-
Tramp: Hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni so‘ramayapti
Jahon | 22:32
Mavzuga oid

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

18:42 / 21.04.2025
Seulda erkak pestitsid purkagich yordamida 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi

15:58 / 18.04.2025