Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
24 soat davom etgan futbol uchrashuvida 140 ta gol urildi
Foto: Getty Images
Rossiyaning Kaliningrad shahridagi “Baltika” stadionida 10 dekabrda nishonlanadigan Butunjahon futbol kuniga bag‘ishlab 24 soat davom etgan futbol marafoni o‘tkazildi.
Marafon ishtirokchilari shartli ravishda ikki jamoaga bo‘linib, bir kun davomida futbol uchrashuvi o‘tkazishdi.
O‘yin 9 dekabr Moskva vaqti bilan soat 12:00da boshlanib, 10 dekabrda yakun topdi. Unda 600 ga yaqin odam ishtirok etdi. Maydonda mahalliy huquq-tartibot idoralari, korxonalar xodimlari, maktab o‘quvchilari, talabalar, tadbirkorlar to‘p surishdi. Ular “Baltika” va “Kaliningrad-2018” jamoalariga bo‘linib o‘ynashdi. Uchrashuvni navbatma-navbat 36 hakam boshqardi. O‘yin 76:64 hisobida “Kaliningrad-2018” jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.
“Barchasi yaxshi o‘tdi. Biroz ustunlik bilan “Kaliningrad-2018” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Biroq yakuniy hisobda futbol g‘alaba qildi”, deb ma'lum qildi “Baltika” futbol klubi vakili Sergey Kandalov.
O‘yinga tayyorgarlik iyundan boshlab yuborilgan. Unda ishtirok etish uchun 1,5 mingta ariza berilgan. Stadionga kirish bepul bo‘lgan.
Dastlab 24 soatlik uchrashuvni Rossiyada o‘tgan Konfederatsiyalar kubogi sharafiga 30 iyun-1 iyulda o‘tkazish rejalashtirilgandi. Biroq uchrashuvni yomg‘ir tufayli qoldirishga to‘g‘ri kelgan.
Butunjahon futbol kuni BMT qarori bilan ta'sis etilgan.
Mavzuga oid
15:30 / 14.07.2025
Germaniyalik er-xotin Kaliningrad yaqinida suvosti kemasini ko‘rganini xabar qildi
23:04 / 16.04.2025
Rossiyada ijaraga berilgan kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi
13:39 / 11.01.2025
Rossiya va Litva Kaliningraddagi muzey nomi o‘zgarishi tufayli bahslashmoqda
11:10 / 15.08.2024