Qirg‘izistonning sobiq prezidentining yurtdoshlari bilan uchrashuvi mojaro bilan yakunlandi (video)
Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayevning Germaniyada yurtdoshlari bilan uchrashuvi mojaro bilan yakunlandi.
Ta'kidlanishicha, uchrashuv KyrgyzClub-Germany hamjamiyati tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lib, norasmiy xarakterga ega bo‘lgan. Uchrashuv uning tashkilotchilari istagandek uzoq davom etmadi.
Akayev yurtdoshlari bilan mehmonxona oldidagi ko‘chada uchrashgan. U hamma bilan so‘rashgach, yurtdoshlari bilan suhbatlasha boshlagan. Bu suhbat davomida bir necha kishi Akayevdan qirg‘izchada so‘zlashishni talab qilib, unga xalaqit qila boshlagan. Odamlar orasida Akayevga qarshi bo‘lganlar ham bo‘lgan. Ularning qo‘lida “Akayev ket” degan plakatlar bo‘lgan.
Akayev ko‘chada bir necha daqiqa suhbatlashib turib, uchrashuvni odamlarning savollariga javob berishni istamagan holda tark etishga qaror qilgan. Akayev barcha bilan xayrlashib ortiga o‘girilib ketayotganda u tomonga tuxum uloqtirilgan. Shundan keyin Akayev voqea joyini shoshgancha tark etgan.
Akayevga hamrohlik qilgan qizi Bermet Akayeva tuxum otgan yigitning yoniga kelib, undan nega bunday qilayotganini surishtirishga tushib ketgan. Bermet Akayeva yigit bilan biroz dahanaki jang qilgach, yigitni sumkasi bilan bir necha marta urgan.
Janjalga yaqin atrofdagi politsiyachilar ahamiyat karatishib, yigitdan voqeani surishtira boshlashgan.
Mavzuga oid
19:07 / 30.09.2024
Umrimning oxirida yaxshi nomimni tiklashni xohlayman - Asqar Akayev
20:44 / 26.09.2024
Sadir Japarov Asqar Akayevning Qirg‘iziston prezidenti lavozimida qilgan uchta asosiy xatosini aytdi
20:32 / 24.09.2024
Qirg‘izistonda Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarish rad etildi
21:43 / 06.09.2024