«Okeanlarga chiqish uchun». Shavkat Mirziyoyev qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilash zarurati haqida gapirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni davlat mukofotlarini tantanali topshirish marosimi vaqtida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.
«Biz Qozog‘iston bilan ko‘p ish qilyapmiz. O‘zaro savdo aylanmasini 35 foizga oshirdik. Mashinalarimiz Qozog‘istonda tayyorlanadi. Odamlarimiz borib ishlaydi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Turkmaniston bilan ham ko‘p ishlar qilyapmiz. Turkmaniston orqali yo‘l ochmoqchimiz. Shu maqsadda yaqinda bosh vazirimiz Ozarboyjonga borib keldi. Boku-Tbilisi-Qars temir yo‘lida qatnashmoqchimiz.
Chunki, hozir dunyoda raqobat ketmoqda. Har bir davlat o‘zi uchun kurashishi kerak. Ba'zi iqtisodiy rejalarimizni amalga oshirish uchun hozir dengizlarga yo‘limiz yo‘q. Shunga qarab harakat qilishimiz, qo‘shnilarimiz bilan aloqalarni mustahkamlashimiz kerak.
Tojikiston prezidenti bilan 4 marta uchrashdim. Ko‘ndalang turgan muammolarni yechishimiz kerak. Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston bilan qanday do‘st bo‘lsak, Tojikiston bilan ham yaxshi bo‘lishimiz kerak. Bordi-keldimiz boshlandi, gaz, elektr energiya olamiz.
Afg‘oniston prezidentining tashrifi ham muhim. Ikki yarim soat gaplashdik. Ko‘p narsalarni kelishib oldik. Bu tashrif oddiy tashrif emas, bu muloqotlar oddiy muloqotlar emas.
Bugun sizlarga yorug‘ yuz bilan aytishim mumkin - yaxshi kelishuvlar bo‘ldi.
O‘zbekiston okeanlarga chiqishi kerak. Afg‘onistonda quriladigan temir yo‘l kelajagimiz uchun. Farzandlarimizning yo‘li ochiq bo‘ladi. Shuni qilolsak, farzandlarimiz bizga o‘xshab boshqalarga qaram bo‘lmaydi. Eksport qilinadigan mahsuloti 50 barobar arzon bo‘ladi. Hozir yo‘limiz yo‘qligi uchun mahsulotlarimizning tannarxi qimmat. Farzandlarimizning yo‘li bo‘ladi», degan prezident.
Mavzuga oid
06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi
20:36 / 18.08.2023
Prezident tadbirkorlar uchun qanday yengilliklarni e’lon qildi?
14:23 / 18.08.2023
«Kudbiyev degan kattakon, senga baho bu» - Shavkat Mirziyoyev qarsak chalgan tadbirkorlar soliqchilardan noroziligi haqida
22:34 / 28.05.2021