21:15 / 12.12.2017
8862

Para-Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston hisobida yana 7 ta medal

Foto: Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida yoshlar o‘rtasida Para-Osiyo o‘yinlari bahslari davom etmoqda. Bugun 7 nafar hamyurtimiz yengil atletikaning turli xil bahslarida ishtirok etib, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga 6 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘shib qo‘yishdi.

Bulardan oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar:

Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Pashayev Damir (T13)         100 metrga yugurish      12.17

Mirzayeva Asila (T11)      100 metrga yugurish      14.84   

Suxanova Sabina (T37)     100 metrga yugurish      14.84

Odilov Yorqinbek (F57)        disk otish                  34.24

Rixsimov Muhammad (F42)  disk otish                  33.03

Omonov Bobirjon (F41)      yadro uloqtirish        9.41 

Kumush medal sohibasi:

Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Ergasheva Roziyaxon (F46)     disk otish                  18.13 

Kecha, shuningdek, suzish va pauerlifting bo‘yicha bellashuvlarda terma jamoamizning uch nafar a'zosi g‘oliblikni qo‘lga kiritishgani haqida xabar berilgan edi.

Hozirda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi sportchilari 9 ta oltin va 1 ta kumush, jami - 10 ta medalni naqd qilib qo‘yishdi. Ta'kidlash joizki, mazkur musobaqa 14 dekabrga qadar davom etadi.

Mavzuga oid
Top