Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qirg‘izistonga qanday yordam bera olishi mumkinligini aytdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qirg‘izistonga qanday yordam bera olishi mumkinligi haqida gapirdi. U bu haqida qo‘shni davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov bilan kengaytirilgan tartibdagi muzokaralar chog‘ida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligidagi asosiy yo‘nalish o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini kengaytirish hisoblanadi.
Tomonlar yillik savdo ayirboshlash hajmini 500 million dollarga yetkazishni maqsad qilishgan.
Muzokarada ta'kidlanganidek, bu ko‘rsatkich ikki mamlakatning mavjud imkoniyatlarini to‘liq aks ettirmaydi. O‘zaro tovar ayirboshlash nomenklaturasini diversifikatsiya qilish va yaqin yillarda uning hajmini 500 million dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tashqi savdo infratuzilmasi va eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini faol rivojlantirish, qo‘shma savdo uylari ochish, biznes-forumlar va milliy sanoat mahsulotlari ko‘rgazmalarini o‘tkazish zarurligi ta'kidlandi.
Qirg‘iziston Prezidentining rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi va biznes-forum tashkil etilgani, ishbilarmon doiralar vakillarining muzokaralari o‘tkazilgani va ularda ikki mamlakatdan ko‘plab tadbirkorlar ishtirok etgani, qariyb 140 million dollarlik shartnomalar imzolangani savdo-iqtisodiy munosabatlar jadal rivojlanayotgani tasdig‘idir.
«Biz chegaralarni ochishimiz tufayli yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalangan holda savdo sohasidagi hamkorlikni kengaytirishimiz kerak. Ikki mamlakatda ham erkin savdo hududlari mavjud. O‘zbekiston Qirg‘izistonga keng turdagi mahsulotlarni yetkazib berishga tayyor.
O‘zbekiston banklari eksportni moliyalashtirish uchun 100 million dollar ajratishga tayyor. Bu biz hamkorlik istayotganimizni anglatadi. Chegara hududlarda imkoniyatlardan faol tarzda foydalanishimiz kerak. O‘sh viloyatida savdo majmuasi tashkil etish bo‘yicha taklif bor. Biz bunga qarshi emasmiz. Menimcha, bularning barchasini ko‘rib chiqishimiz, barcha ishni toza qilishimiz va sotishimiz kerak. Tovar ayirboshlash hajmi oshishi uchun imkon qadar barcha imtiyozlarni ko‘rib chiqamiz», — degan O‘zbekiston prezidenti.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025