09:50 / 17.12.2017
18791

Jangarilarda yangi avloddagi minalar topildi – OAV

Foto: Stena.ee

Suriya va Iroqdagi IShID jangarilaridan qaytarib olingan hududlar minalardan tozalanyotgan vaqtda fabrikada ishlab chiqarilish alomatlariga ega, shtamplangan korpus va rezina prokladkali, 4-avloddagi minalar topildi. Jangarilar ushbu minalarni yashirin zavodlardan birida tayyorlashgani taxmini bildirildi. Bu haqda jangarilar xatti-harakatlarini monitoring qiluvchi Directorate 4 ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, bu minalar batareykalardan ishlovchi, xavfsizlantirishdan himoyaga ega bo‘lgan, biroq sapyorlar uni xavfsizlantira olishgan.

Ma'lum qilinishicha, 7 kg portlovchi moddani o‘z ichiga sig‘dira oluvchi bunday mina askarlar otryadini yoki avtomobilni to‘xtata oladi. Mina unga 30 kg dan ortiqroq yuk ta'sir qilganda portlaydi.

Directorate 4’da ta'kidlanishicha, IShID tomonidan nazorat qilinuvchi hududlarda bir qishloq atrofiga shunday minalardan yuzlab va hattoki minglab qo‘yib chiqilgan bo‘lishi mumkin. 

Mavzuga oid
Top