Jahon | 21:23 / 03.04.2025
2678
3 daqiqa o‘qiladi

Estoniya Rossiya bilan chegarani minalashtiradi

Boltiqbo‘yi davlati bu turdagi qurollardan foydalanishni bevosita taqiqlovchi Ottava konvensiyasidan chiqadi.

Foto: Wikimedia

Estoniya urush yuz bergudek bo‘lsa, Rossiya bilan chegara minalar o‘rnatadi. Bu haqda mamlakat Mudofaa kuchlari muhandislik qo‘shinlari vakili Aynar Afanasev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Estoniya bu turdagi qurollardan foydalanishni bevosita taqiqlovchi Ottava konvensiyasidan chiqadi. «Inqirozli vaziyatda portlovchi vositalar va minalardan foydalanish kerak, shuningdek, ko‘prik va quvurlarni vayron qilish choralari ham ko‘zda tutilgan. Tinchlik davrida bu kabi choralar qo‘llanmaydi», — deydi Afanasev.

Estoniya mudofaa chizig‘ini qurishga joriy yildan kirishadi. 14 ta bunkerdan iborat birinchi tayanch punkti Rossiya bilan shimoli-sharqiy chegarada paydo bo‘ladi, yana to‘rtta bunker janubi-sharqiy yo‘nalishda o‘rnatiladi. Himoya inshootlari 152 millimetrli snaryadga bardosh berishi ko‘zda tutilgan. Afanasevning aniqlik kiritishicha, ikkita bunker bu turdagi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Umumiy hisobda mudofaa chizig‘i bo‘ylab 600 ta panagoh bo‘ladi va ular nafaqat davlat, balki xususiy yerlarga ham joylashtiriladi.

Ta’kidlanishicha, bunkerlarni o‘rnatishda «dron kirib olishiga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus to‘rlar va boshqa vositalar qo‘llangan holda» Ukrainaning urush tajribasidan foydalaniladi.

«Rossiya Estoniya xavfsizligi uchun eng katta tahdid va shunday bo‘lib qoladi. Ukrainadagi urush uning hujum kuchini pasaytirdi, ammo turli hisob-kitoblarga ko‘ra, u ikki-uch yilda o‘zini qayta tiklab olishi mumkin. Biz tayyor turishimiz va Estoniyaga hujum imkon qadar qimmatga tushadigan qilishimiz kerak», — deydi Mudofaa vazirligi vitse-kansleri maslahatchisi Kaydo Tiytus.

Eslatib o‘tamiz, Latviya, Litva va Estoniya 2024 yil boshidayoq potensial Rossiya tajovuziga qarshi mudofaani mustahkamlash maqsadida Ottava konvensiyasidan chiqish ehtimolini ko‘rib chiqqan. Natijada ushbu davlatlar piyodalarga qarshi minalar zaxirasini, shuningdek, tinch aholi uchun kamroq xavf tug‘diradigan boshqa vositalarni ko‘paytirishga qaror qilgan.

Mavzuga oid

E`lonlar

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Turkiston Avenue TJMning 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi