Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
USAID: 2050 yilga borib Markaziy Osiyodagi suv resurslari 10-15 foizga kamayadi
Toshkent shahrida "Xalqaro suv xo‘jaligi huquqi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash jihozi sifatida" nomli ikki kunlik o‘quv seminariga start berildi. Unda Xalqaro suv huquqi va transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik mexanizmining asosiy tamoyillari muhokama qilinmoqda.
Tadbir AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) va O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining "Suv, ta'lim va hamkorlik" qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan. Bunday seminarlar avval Tojikiston va Turkmanistonda o‘tkazilgan. Tadbirda qatnashgan KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, unda soha mutaxassislari bilan bir qatorda suv xo‘jaligi va huquqshunoslik yo‘nalishida ta'lim oluvchi oliy o‘quv yurtlari talabalari ham ishtirok etishmoqda.
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur seminar atrof-muhit muhofazasi va suv resurslarini oqilona boshqarish bo‘yicha hamkorlikdagi sa'y-harakatlar natijasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida aks etgan mamlakat tashqi siyosati va huquqiy tizimni takomillashtirish tamoyillariga javob beradi.
Markaziy Osiyodagi aksariyat suv resurslari transchegaraviy hisoblanadi, ularni tartibga keltiruvchi huquqiy hujjatlar esa xalqaro tajriba va mintaqa manfaatlarini inobatga olgan holda yangilanishga muhtoj.
Bugungi kunda dunyoda suvdan foydalanishda bahsli jihatlarga ega bo‘lgan 260dan ziyod daryo havzasi mavjud va bunda huquqiy tartibga solish ularni hal qilish va bartaraf etishning asosiy harakatga keltiruvchi omilga aylanmoqda.
"Tarmoqli hamkorlik va mamlakatlar o‘rtasidagi akademik almashinuv - atrof-muhit muhofazasi va iqtisodiyotlarning barqaror rivojlanishida o‘zaro manfaatli sheriklik va hamkorlik garovi", - deydi USAID'ning O‘zbekistondagi rahbari Geri Robbins.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, 2050 yilga borib, Markaziy Osiyodagi suv resurslari 10-15 foizga kamayadi. Bunga mintaqadagi demografik va ekologik omillar ta'sir ko‘rsatadi.
Ta'kidlash joizki, USAID tomonidan moliyalashtiriluvchi "Suv, ta'lim va hamkorlik" loyihasi 2015 yildan buyon CAREC tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Loyiha maqsadi professional hamkorlik tarmog‘ini yaratish, suv muammolari bo‘yicha strategik maslahatlar berishda ko‘maklashish, shuningdek, suv resurslari bo‘yicha mintaqaviy muloqotni rivojlantirish va salohiyatni oshirishdan iborat.
Mavzuga oid
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
17:53 / 08.06.2026