Microsoft Google Chrome'ni o‘rnatishni taqiqladi

Foto: businessmonkeynews.com
Microsoft korporatsiyasi o‘z ilovalar do‘konidan Google Chrome o‘rnatuvchisini o‘chirdi. Shu bois Windows 10 S foydalanuvchilari ushbu brauzerdan foydalana olishmaydi. The Verge shu haqida xabar berdi.
Korporatsiyada buning aniq sababi keltirilmadi, faqat ilova "noyob va boshqalardan farqli" bo‘lishi kerakligi ta'kidlandi. "Biz Microsoft Store'dan Google Chrome Installer'ni o‘chirdik, zero ilova bizning do‘konimiz siyosatiga ziddir", deyiladi korporatsiyada. Google vakillari esa vaziyatga izoh berishdan bosh tortishdi.
Ta'kidlash joizki, Chrome o‘rnatuvchisi bo‘lgan ilova shunchaki standart brauzerda ochiluvchi yuklab olish havolasi bo‘lgan.
May oyida Microsoft yangi Windows 10 S versiyasini namoyish etgandi, u, xususan, Microsoft Surface Laptop noutbukida oldindan o‘rnatilgan. Tizim qator cheklovlarga ega, ulardan biri - standart brauzerni almashtirishga taqiqlov. Bundan tashqari, yangi dasturlarni o‘rnatishni faqat Microsoft Store ilovalar do‘koni orqali amalga oshirish mumkin.
Hatto foydalanuvchi istagan begona brauzerni yuklab olsa ham, elektron pochta va boshqa servislarga kelgan xatlarning barcha havolalari standart Microsoft Edge'da ochiladi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar qidiruv tizimini o‘zgartira olishmaydi. Foydalanuvchi manzil satrida so‘rovni kiritishi bilan u avtomatik ravishda Bing qidiruv tizimiga qayta yo‘llanadi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

18:01 / 05.05.2025
Microsoft kompaniyasi Skype’ni yopdi. Messenjer 20 yildan ortiq faoliyat yuritdi

20:55 / 09.04.2025
Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi

14:18 / 02.03.2025
Yangi “ajdarho jangchisi”, kosmosga turistik parvoz va “aqlli” g‘ilof - texnodayjest

16:31 / 28.02.2025