Jahon | 10:30 / 20.12.2017
9294
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Londonga tashrifi chog‘ida qirolicha bilan uchrashmaslikka qaror qildi – OAV

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniya bosh vaziri Tereza Meyga mamlakatga kelasi yili aniq tashrif buyurishi, biroq qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashmasligi haqida xabar berdi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Davlat rahbarlari Trampning Londonga amaliy tashrifini muhokama qilishgan, u 2018 yilning fevral oyi oxirlariga mo‘ljallangan. Qo‘shma Shtatlar prezidenti uning davomida AQSh elchixonasi yangi binosining ochilish marosimida qatnashadi va Mey bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Biroq qirolicha bilan uchrashuv o‘tkazilmaydi – buning uchun Britaniyaga amaliy bilan emas, balki davlat tashrifi bilan kelish kerak, deya ta'kidlaydi gazeta.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya poytaxti meri Sodiq Xon al-Quds bilan bog‘liq vaziyat fonida Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp Londonga tashrifni rejalashtirmagani ma'qulligi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid