O‘zbekiston | 19:20 / 22.12.2017
70522
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga boradi

Foto: haqqin.az

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 26 dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Bu haqda «Xalq so‘zi online» nashri xabar tarqatdi.

«MDH a'zo mamlakatlari rahbarlarining Yangi yil arafasidagi navbatdagi uchrashuvi ortda qolayotgan yil yakunlarini sarhisob qilish va birlashma doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun maqsad va vazifalarni belgilab olish imkonini berishi barobarida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama etish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi», deyilgan xabarda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid