Aleksey Navalniy nomzodi Rossiya prezidentligi uchun ilgari surildi
Moskvada saylovchilarning tashabbuskor guruhi muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy nomzodini Rossiya prezidentligi uchun ilgari surishdi.
Kommersant' xabariga ko‘ra, Moskvadagi Kumush qarag‘ayzordagi sohilda tashabbuskorlar guruhining marosimi o‘tkazilgan va 742 kishi Aleksey Navalniyning nomzodini 2018 yilgi saylovga nomzod sifatida ko‘rsatishni yoqlagan.
Yig‘ilish tashkilotchisi Ivan Jdanovning ma'lumot berishicha, Navalnyy 24 dekabr kuni oxirigacha Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarini topshirmoqchi.
Rossiyada prezidentlikka nomzodlar siyosiy partiyalar vakili yoki mustaqil nomzod sifatida saylovda ishtirok etishi mumkin. Tashabbuskorlar guruhining vakili kamida 500 imzo yig‘ish evaziga nomzod sifatida qabul qilinadi.
Bundan avvalroq, janob Navalniy Rossiyaning 20ta shahrida tashabbuskor guruhlar tashkil qilmoqchiligini bildirgandi. Bugun uning nomzodini qo‘llab-quvvatlab Vladivostok, Yekaterinburg, Irkutsk, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Omsk, Perm va Sankt-Peterburg shaharlarida yig‘ilishlar o‘tkazilgan.
Moskovskaya gruppa izbirateley, 750 chelovek, golosuyet za vydvijyeniye Navalnogo v prezidenty pic.twitter.com/5gmrHLoM5K
— Feldman (@EvgenyFeldman) December 24, 2017
18 dekabr kuni Rossiya MSK raisi Ella Pamfilova muxolif siyosatchining arizasi ko‘rib chiqilishini aytgandi. Undan oldinroq MSK og‘ir jinoyatda ayblanib, sudlangani uchun Rossiya prezidentligi uchun saylovda ishtirok eta olmasligini aytayotgandi.
13 dekabr kuni Aleksey Navalniy saylovoldi dasturini e'lon qilgandi. Janob Navalnyy o‘z dasturida siyosiy islohotlar o‘tkazish, «repressiv qonun loyihalari»ni bekor qilish, armiyaga shartnoma asosida borishni joriy etish va minimal ish haqi miqdorini 25 ming rublga oshirish rejalarini belgilagan.
Mavzuga oid
21:30 / 22.03.2023
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi
17:39 / 17.01.2023
«Rossiya - mening mamlakatim. Men zulmat chekinishiga ishonaman». Aleksey Navalniyning qamoqdan maktubi
23:41 / 22.12.2022
Navalniy jamoasi darknetda «maxfiy shtab-kvartira» ishini muvofiqlashtiruvchi sayt ochdi
21:45 / 02.10.2022