Jahon | 23:40 / 25.12.2017
13864
1 daqiqa o‘qiladi

Navalniy «saylovchilar zabastovkasi» haqida e'lon qildi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy o‘z tarafdorlarini 2018 yilgi prezidentlik saylovlarini boykot qilishga chaqirdi. «Saylovchilar zabastovkasi» haqida u bugun, 25 dekabr kuni Markaziy Saylov komissiyasi uni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazmagach, o‘z blogida e'lon qilgan.

«Biz saylovchilar zabastovkasini e'lon qilamiz. Bizga ishtirok etish taklif etilayotgan jarayon - saylov emas. Unda faqat Putin va uning o‘zi shaxsan tanlagan nomzodlar ishtirok etadi. Bu nomzodlar unga kichik bo‘lsa ham xavf tug‘dira olishmaydi» — dedi Aleksey Navalniy.

Navalniyning rejasiga ko‘ra, uning saylovoldi shtablari zabastovka shtablariga aylanadi. Shtablar faollari saylovdagi davomatni kuzatishadi va saylovga qarshi targ‘ibot ishlari olib borishadi. Yakunda muxolifatchi bu saylov natijalarini hamda bu saylovda saylanadigan hokimiyatni tan olmaslikni talab etmoqchi.

Mavzuga oid