Jamiyat | 09:40 / 27.12.2017
15255
2 daqiqa o‘qiladi

Ikki qadrdon do‘st 60 yildan keyin aka-uka ekanliklarini bilishdi

Foto: KHON

Havayining Oaxu orolida yashovchi va maktabdan beri bir-birlari bilan do‘st tutingan Alan Robinson va Uolter Makfarleyn yaqinda aka-uka ekanliklaridan xabar topishdi. Do‘stlarni qarindoshlik rishtalari bog‘lab turishi erkaklar qarindoshlarini topish maqsadida DNKni tahlil qilish va taqqoslash xizmatiga murojaat qilganlaridan keyin aniqlandi.  

Uolter o‘z otasi kimligini bilmagan, Alan esa boqib olingan, shu sababli ular qarindoshlarini topishni orzu qilib yashashgan.

Erkaklar o‘rtasida do‘stlik aloqalari darhol o‘rnatilgan. Uolterning aytishicha, uning ukasi undan ko‘ra quvnoqroq bo‘lgan, ko‘ngilxushliklarni yaxshi ko‘rgan. Biroq turfa xarakterli erkaklarda kribbej deb nomlangan qarta o‘yini sababli umumiy qiziqish paydo bo‘lgan.

Uolterning aytishicha, uning ukasi bo‘lgan, biroq u 19 yoshida vafot etgan. U oilasi yordamida internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqa qarindoshlarini topishga harakat qilgan, biroq bu natija bermagan.

Shunda Uolter DNKlarni taqqoslash xizmatiga murojaat qilgan. Uning DNKsi xizmat saytida robi737 nomi bilan ro‘yxatga olingan foydalanuvchining DNKsi bilan eng ko‘p darajada mos kelgan. Aniqlanishicha, bu foydalanuvchi Alan bo‘lib chiqqan. 

Bir nechta qo‘ng‘iroqlardan keyin ular bir onaning farzandlari ekanliklari aniqlangan. Shuncha yil aka-ukaliklaridan bexabar bo‘lgan qadrdon do‘stlar bu yangilikni ma'lum qilish uchun yaqinlarini to‘plashgan. Endilikda aka-uka birga yanada ko‘proq vaqt o‘tkazmoqchi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid