Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WeChat messenjeri Xitoyda guvohnoma o‘rniga o‘tadigan bo‘ldi
WeChat servisi Xitoydagi rasmiy identifikatsion tizimga aylanadi. South China Morning Post shu haqida xabar berdi.
Dastlabki dastur Ganchjouda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2018 yilning yanvaridan u butun Xitoy hududi bo‘ylab ishga tushadi. WeChat hukumat tashabbusi bilan an'anaviy guvohnomalar o‘rnini bosuvchi shaxsning virtual guvohnomasiga aylanishi kerak.
Servisning virtual ID-kartalari ularning egalariga davlat xizmatlari va yetkazib berish xizmatlaridan foydalanish, mehmonxonalarda ro‘yxatdan o‘tish, chiptalar xarid qilish va boshqa ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Xitoy aholisi ID-kartaning ikki xil versiyasiga ega bo‘lishi mumkin: masalan, internet-kafelarga to‘g‘ri keluvchi "yengil" versiya va biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beruvchi "ilg‘or" versiya, deya aniqlik kiritiladi Technode'da.
WeChat 2011 yilda messenjer sifatida faoliyatini boshladi, endi esa servisga to‘lovlarni amalga oshiruvchi onlayn-platforma ham kiradi. Tencent (servis unga qarashli) ma'lumotlariga ko‘ra, servisdan oyiga 980 million kishi foydalanadi.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026