Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» to‘xtamayapti. «Nasaf»ning yana ikki futbolchisi qo‘lga kiritildi
Foto: Pakhtakor.uz
«Nasaf» yarimhimoyachisi Bahrom Abdurahimov «Paxtakor» klubiga o‘tdi.
29 yoshli futbolchi «sherlar» bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Bahrom Abdurahimov 2017 yilgi mavsumda, 30ta o‘yinda 10ta gol muallifi bo‘lgan. U faoliyati davomida «Andijon» va «Nasaf» klublarida o‘ynagan. Oliy liga miqyosida jami 146ta o‘yinda 17ta to‘p kiritgan. Qarshi klubi bilan O‘zbekiston Kubogi va Superkubogida g‘olib chiqqan.

«Paxtakor» futbol klubi yana bir futbolchini tarkibga qo‘shib olganini ma'lum qildi.
Yarimhimoyachi Dilshod Rahmatullayev va klub o‘rtasida ikki yillik shartnoma imzolandi.
28 yoshli futbolchi Oliy ligada «Lokomotiv», «Olmaliq» va «Nasaf» jamoalarida o‘ynagan. Shuningdek, Turkiya birinchi ligasining «Sanliurfaspor» klubida to‘p tepgan. Chempionatimizda jami 130 uchrashuvda 10ta gol muallifiga aylangan.

Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:37 / 10.04.2026
Superligada hakamlik mojarosi. PFL hakamlar markazidan VAR yozuvini so‘radi
21:18 / 09.04.2026