Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
32 ming dollar – Dubaydan avtomobil xarid qilmoqchi bo‘lgan kishi firibgarga duch keldi
2017 yilning 19 dekabr kuni Shayxontohur tumani IIB Navbatchilik qismiga fuqaro Rahmatov ariza bilan murojaat qilib, Rahimov unga nisbatan juda ko‘p miqdorda firibgarlik sodir etganligini ko‘rsatib o‘tgan. Tergov-tezkor harakatlari davomida aniqlanishicha, 2017 yilning sentabr-oktabr oyigacha bo‘lgan davr oralig‘ida fuqaro Rahimov Javohirjon Asadovich Rahmatovning ishonchiga kirib, BAAning Dubay shahridan “BMW” rusumli avtomashinani o‘n kun ichida olib kelishni va'da qilgan.
ShIIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, u 32.300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmasdan, pullarni o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya'ni aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini juda ko‘p miqdorda qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Rahimovga nisbatan nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda va Rahimovning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Ushbu jinoyat tahlili shu narsani ko‘rsatmoqdaki, Rahimov so‘zga ustaligidan foydalanib, Rahmatovga bir hafta - 10 kun ichida Dubay shahridan arzonroq narxda avtomobil olib kelishini va'da qilib, Rahmatovni ishontirish maqsadida ushbu pullarni olganligi haqida unga tilxat yozib bergan. Biroq Dubay shahridagi qaysi avtosalondan avtomobilni sotib olishini, Rahimovning nomidan avtomashinani sotib olish bo‘yicha arizani, sotib olish haqidagi shartnomani ko‘rsatmagan, sababi bunday hujjatlar umuman bo‘lmagan, chunki Rahimovning maqsadi Rahmatovga avtomashinani sotib olishda yordam berish emas, balki uning pullarini o‘zlashtirib olishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yuqorida qayd etilganidek firibgarlarga duch kelmaslik uchun avtomashina yoki ko‘chmas mulkni sotib olish shartlari bilan tanishishni, tegishli idoralar yoki mulk egasiga murojaat etishni, o‘zaro oldi-sotdi shartnoma tuzish, shartnoma shartlariga muvofiq pullarni berishni tavsiya qiladi.
Mavzuga oid
21:31 / 02.02.2026
«Nega menga cho‘pchak gapirasan?» - prezident Shayxontohur tumani IIB sobiq rahbariga tanbeh berdi
16:46 / 02.02.2026
Bank mansabdori 120 ming dollar kredit chiqarib, qimorga tikib yubordi
18:38 / 31.01.2026
Yashnoboddagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
17:07 / 31.01.2026