Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superligada ishtirok etish badali 500 million so‘m qilib belgilandi
2018 yilgi mavsum reglamentida Superliga va Pro-liga klublaridan olinadigan mablag‘lar aniq ko‘rsatib o‘tilgan.
Jumladan, 2018 yilning 1 fevraliga qadar Superliga klublari PFLga 500 000 000 (besh yuz million so‘m), Pro-liga jamoalari esa 40 000 000 (qirq million so‘m) badal puli to‘lashlari kerak.
Ushbu mablag‘lar birinchi navbatda musobaqalarni o‘tkazish, sport inventarlari va zaruriy texnik vositalarni xarid qilish, klublarning turli yoshdagi jamoalari o‘rtasida Respublika birinchiliklarini o‘tkazish, ilmiy-metodik qo‘llanmalar nashr etish, chempionat uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar, nazoratchilar, komissarlar maoshlarini to‘lashga sarflanadi, deb xabar beradi PFL sayti.
Badal pullari miqdorini belgilashda yangi mavsumda jamoalar soni qisqargani, uchrashuvlar soni esa ko‘paygani ham inobatga olingan.
Mavzuga oid
21:07 / 13.05.2026
Superliganing eng qimmat futbolchilari reytingi tuzildi
08:38 / 05.05.2026
Superligada jahon chempionati yakuniga qadar tanaffus e’lon qilindi
22:14 / 29.04.2026
Superliga. «Paxtakor» ochko yo‘qotdi, «Neftchi» yana peshqadam bo‘lib oldi
17:43 / 25.04.2026